Video galleria

Inklyuziv ta’lim — har bir bola uchun teng imkoniyat
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta’lim muassasalarida qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida “To‘siqsiz muhit” tashkil etilmoqda. Uning doirasida maktablarga kirish qismida panduslar, yo‘laklarda tutqichlar, liftlar, ichki hojatxonalar, taktil yo‘laklar hamda korreksion-rivojlantiruvchi xonalar tashkil etilmoqda. ➖“To‘siqsiz muhit”ni yaratish ishlari 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab tajriba-sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilgan. ➖Ma’lumot uchun: Bugungi kunda 2 610 ta maktabda 6,8 ming nafar alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bola inklyuziv ta’lim bilan qamrab olingan. Shu o‘quv yilidan boshlab esa inklyuziv maktablar soni 3 249 taga, ta’lim oluvchi o‘quvchilar soni 8,5 ming nafarga yetishi kutilmoqda

Ko'rish

Inklyuziv ta’lim: teng imkoniyatlar sari muhim qadam!
Inklyuziv ta’lim: teng imkoniyatlar sari muhim qadam! Har bir bola — jamiyatning bir qismi. So‘nggi yillarda nogironligi bo‘lgan bolalarni jamiyat hayotiga to‘laqonli integratsiya qilish, ularning sifatli ta’lim olishi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun mamlakatimizda tizimli islohotlar olib borilmoqda. Shuningdek, har bir bolani maktab muhitiga qaytarish va ularni ta’lim hamda ijtimoiy xizmatlar bilan to‘liq qamrab olinishi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda 15 ming nafar bola uy sharoitida ta’lim olmoqda. Xususan, o'tgan davr mobaynida 2 365 ta maktabda inklyuziv ta’lim joriy etilib, 4 495 ta inklyuziv sinf faoliyati yo'lga qo'yildi. Natijada ushbu sinflar orqali 6 mingdan ortiq bola uy ta'limidan umumta’lim maktablari, inklyuziv sinf, maxsus maktab va ijtimoiy xizmatlarga jalb etildi. Shuningdek, 700 dan ortiq maktabda to‘siqsiz muhit shakllantirilgani nogironligi bo‘lgan bolalarning maktabga erkin kirib-chiqishi, harakatlanishi va bilim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Alohida ta’lim ehtiyojiga ega bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 367 ta korreksion xona tashkil etildi. Mazkur xonalarda bolalarning rivojlanishi, ijtimoiy moslashuvi hamda bilim olish jarayonini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan maxsus xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar natijasida nafaqat ta’lim tizimida yangi yondashuvlar qaror topmoqda, balki jamiyatda katta oʻzgarishlar boʻlmoqda.

Ko'rish

;