Video galleria

Ишчи гуруҳ эшитишда нуқсони бўлган болаларнинг таълим сифати ва саломатлигини ўрганмоқда
Ахборот 24 | Ишчи гуруҳ эшитишда нуқсони бўлган болаларнинг таълим сифати ва саломатлигини ўрганмоқда

Ko'rish

Vatanimizning, millatimizning faxri, ko‘rki va iftixori sanalgan o‘zbek tilining bugungi bayrami barchamizga muborak bo’lsin!
Til har bir xalqning va millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Aynan shu bois xalqning o`zligini anglab yetishga intilishida tilning qadrini tiklash, nufuzini yanada oshirish muhim o`rin tutadi. Milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o`rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog`liqlik til orqali namoyon bo`ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, eng avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir. Vatanimizning, millatimizning faxri, ko‘rki va iftixori sanalgan o‘zbek tilining bugungi bayrami barchamizga muborak bo’lsin!

Ko'rish

“O‘zbekistonda kasb-hunar taʼlimi tizimidagi islohot va modernizatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida xalqaro konferensiya
O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) va Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda kasb-hunar taʼlimi tizimidagi islohot va modernizatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Xalqaro konferensiyada Germaniya, Misr va Qirg‘iziston Respublikasining o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha tajribalari o‘rganildi. ✅Konferensiyadan koʼzlangan maqsad: • O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish sohasidagi faoliyatning hozirgi holatini ko‘rib chiqish; • Ishtirokchilarni GIZning o‘quvchilar va talabalar uchun kasbga yo‘naltirish va kasbiy faoliyatini rejalashtirish sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tajribasi bilan tanishtirish; • 2022-2024-yillarda loyiha doirasida maktab va kollej o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirish tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Ko'rish

#Bu_bayroq_bizniki...
#Bu_bayroq_bizniki... #tashxis_markazi #inklyuziv <> Davlatimiz ramzlari oʻzbek xalqining shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassam etib, shu yurtda yashayotgan har bir fuqaroga gʻurur, faxr va iftixor bagʻishlaydi. U yoshu-qariga, jinsi, irqi, millatidan qaʻtiy nazar barcha uchun birdek ardoqli boʻladi. Yosh avlodlarni Vatan va bayroq sevgisi bilan ulgʻaytirish har birimizning burchimizdir. Bayrogʻimiz - oʻzbek xalqining milliy ramzidir, kecha va bugunini birlashtirib turgan maʻnaviy koʻprikidir… 1991-yil 18-noyabr - Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun.

Ko'rish

Inklyuziv ta’lim tushunchasi hamda Sirdaryo viloyatining qaysi maktablarida inklyuziv ta’lim sinflari ochilgan?
Inklyuziv taʼlim — davlat siyosati boʻlib, nogiron va sogʻlom bolalar oʻrtasidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, maxsus taʼlimga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga koʻra nogiron boʻlgan) oʻsmirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qatʼiy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yoʻnaltirilgan umumtaʼlim jarayoniga qoʻshishni ifodalovchi taʼlim tizimidir. Inklyuziv taʼlim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng huquqlilik asosida taʼlim tarbiya olishlarini taʼminlaydi. Shuning uchun ham ahamiyatlidir. Inklyuziv taʼlim olish jarayoni bir-biriga oʻxshamaydigan, intellektual,jismoniy va aqliy xususiyatlarga ega boʻlgan odamlar maxsus bilimga muhtoj boʻlmagan tengdoshlari bilan birgalikda zarur bilim va ko‘nikmalarini oladigan tarzda tashkil etiladi. Inklyuziy taʼlim-alohida ehtiyojli bolalar bilan sogʻlom bolalar uchun teng taʼlim olish imkoniyatini yaratadi. Bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’iy nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etilishi kerak. Bu haqida AOKAning Sirdaryo viloyat boshqarmasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi brifingda Xalq ta’limi boshqarmasi pedogogik psixologik sho‘ba mudiri Gulchiroy Rahmonova ma’lumot berdi.

Ko'rish

Фуқаролар учун имо-ишора тили асосларини мустақил ўрганиш бўйича видеодарс 1
Фуқаролар учун имо-ишора тили асосларини мустақил ўрганиш бўйича видеодарс

Ko'rish

Фуқаролар учун имо-ишора тили асосларини мустақил ўрганиш бўйича видеодарс 2
Фуқаролар учун имо-ишора тили асосларини мустақил ўрганиш бўйича видеодарс 2

Ko'rish

Talaffuzida nuqsoni bor o'quvchilar bilan kimlar shug'ullanadi?
Talaffuzida nuqsoni bor o‘quvchilar bilan o‘qituvchi-logoped shug‘ullanadi. Talaffuz buzilishlarini barataraf etish uchun logopedik ta’sir lozim. Logopedik ta’sirning asosiy maqsadi, nutq tovushlarini tog‘ri shakllantirishdir. Nutq tovushlarini tog‘ri tiklash uchun bola quyidagilarni bilishi lozim: nutq tovushlarini bilishi va ularni idrokida adashtirib yuborishi kerak emas, bir tovushni ikkinchisidan akustik belgisi bo‘yicha ajrata bilishi, normal talaffuz qilingan tovushdan noto‘g‘ri talaffuz qilingan tovushni ajrata bilishi, o‘zi talaffuz qilgan tovushni eshitib nazorat qila bilishi va sifatini baxolashi, tovushni normal, akustik effektini xosil qiluvchi artikulyatsion holatini bajara olishi, nutqning hamma turlarida tovushlardan o‘rinli foydalanishi lozim.

Ko'rish

Inklyuziv ta'lim yo'nalishida 2020-2021-o'quv yilida amalga oshirilgan ishlar OAV nigohida
Inklyuziv ta'lim yo'nalishida 2020-2021-o'quv yilida amalga oshirilgan ishlar OAV nigohida

Ko'rish

Yoshlarning kasbiy o‘z taqdirini o‘zi belgilashi ta’lim tizimi
Bugun Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va Jizzax Davlat pedagogika universiteti hamkorligida tashkil etilgan o‘quv seminari ana shu dolzarb mavzuga bag‘ishlandi. Zomin, Zarbdor va Yangiobod tumanlaridagi maktab direktorlari, tuman xalq ta’limi bo‘limi rahbarlari hamda universitet professor-o‘qituvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Ko'rish

Inklyuziv ta’limda ijobiy natijalar
Yunusobod tumanidagi 70-sonli umumta’lim maktabida 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab inklyuziv ta’lim yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi kunda erishilgan natijalar barchani birdek quvontiradigan darajada amalga oshirilmoqda. Ayniqsa 1-sinf o‘quvchisi Mahmudov Ibrohim darslardan tashqari qo‘shimcha to‘garaklarda ham faol qanashib kattalardek ingliz tilida muloqot qilyapti.

Ko'rish

O‘zligini yo‘qotgan ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan shaxs
Jismoniy zoʻravonlik – bu jismoniy salomatlikka zarar yetkazishga qaratilgan harakatlar. (tan jarohati yetkazish, kaltaklash, urish va hokazo). Ruhiy zoʻravonlik – bu ruhiy salomatlikka zarar yetkazish. (xoʻrlash, tazyiq tahdidlar, kamsitish, shantaj, oʻta kuchli nazorat va hokazo).

Ko'rish

О человеке, ставшем жертвой психологического и физического насилия и утратившем свою личность
Физическое насилие – это действия, направленные на причинение вреда физическому здоровью. (причинение телесных повреждений, избиение, побои и домогательства). Психологическое насилие – это нанесение вреда психическому здоровью. (унижение, репрессивные угрозы, дискриминация, шантаж, чрезмерный контроль и преследование.)

Ko'rish

Ruhiy zo‘ravonlik oqibatlari va ularni oldini olish
Psixologik zo'ravonlik har bir xatti-harakat qoralanganda, odam tanqid qilinganda yoki qo'pol zo'ravonlik bilan инсонни шахс сифатида yo'q qilinganda amalga oshiriladi. Bolaga qo'llash oqibatlari: bezovtalik, tashvish, uyqu ва иштаҳа buzilishi; uzoq muddatli depressiya holati; tajovuzkorlik; Ko'chada ko'proq vaqt o'tkazish istagi va boshqalar.

Ko'rish

Последствия психологического насилия и его предупреждение
Психологическое насилие осуществляется тогда, когда упрекают за каждый поступок, критикуют личность или унижают грубой бранью. Последствия насилия над ребенком: беспокойство, тревожность, нарушения сна и аппетита; длительное подавленное состояние; агрессивность; стремление как можно больше времени провести на улице (страх возвращаться домой) и др. низкая самооценка

Ko'rish

Биз ҳаракатларимиз учун жавобгармиз
2023 йил 12 май куни Ўқувчиларни касб-ҳунарга йўналтириш ва психологик-педагогик республика ташхис марказининг 2023 йилга мўлжалланган стратегик режасида белгиланган вазифаларнинг ижросини таъминлаш мақсадида ўтказилган тренинг машғулотлари асосида Сурхондарё вилояти, Шўрчи тумани мактаб психологлари учун “Психоактив моддаларга қарамликнинг олдини олиш учун “Биз ҳаракатларимиз учун жавобгармиз” мавзусида ўқув амалий машғулотларини ўтказишга мўлжалланган Дастури” асосида семинар-тренинг ўтказилди. Машғулотларда Дастурнинг паспорти, мақсад ва вазифалари, профилактик тадбирларнинг самарадорлиги ва яхлитликни таъминлаш мақсадида мактаб профилактика дастурини амалга ошириш, дарсларни ўтказишнинг фаол усуллари ҳамда мактаб психологи, синф ўқитувчисининг вазифалари хусусида батафсил тўхталиб ўтилди. Шунингдек, мазкур жараёнда психологларнинг амалиётда фойдаланишлари учун диагностика методлари ва коррекцион усулларни ўтказиш мақсадида амалий тавсиялар берилди.

Ko'rish

;