Video galleria

“Uzluksiz kasb-hunarga yoʻnaltirish” dasturlari bo'yicha Shayxontohur tumanidagi 102-sonli umumta’lim maktabida 1 - 4sinf o‘quvchilari uchun tajriba-sinov dars mashg‘ulotlari tashkil etildi
Oʻzbekiston respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025 yil 23-oktabrdagi PQ-316-sonli qarori bilan uzluksiz kasb-hunarga yoʻnaltirish dasturlari tasdiqlagan. Shu maqsadda: Kasbiy ta’limni ommalashtirish hamda o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari uchun “Atrofimizdagi kasblar”, “Kasblar alifbosi”, “Kasblar olami”, “Mening kelajakdagi kasbim” dasturlari ishlab chiqilgan. Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarida uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish hamda o‘quvchi-yoshlarni ongli kasb tanlashga yo‘naltirish maqsadida Joriy yilning fevral oyidan boshlab Shayxontohur tumanidagi 102-sonli umumta’lim maktabida 1-4 sinf o‘quvchilari uchun tajriba-sinov dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. Tajriba-sinov dars mashg‘ulotlari “Kasblar alifbosi” o‘quv dasturi asosida olib borildi. Darslar interaktiv metodlar, amaliy mashg‘ulotlar, rolli o‘yinlar, kasbiy moyillikni aniqlash testlari hamda muhokama va tahlil jarayonlari orqali tashkil etildi. Mazkur tajriba-sinov ishlari kelgusida o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish hamda boshqa ta’lim muassasalarida ham bosqichma-bosqich joriy etish uchun muhim amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ko'rish

“Uzluksiz kasb-hunarga yoʻnaltirish” dasturlari bo'yicha Yunusobod tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabida 5 - 6 sinf o‘quvchilari uchun tajriba-sinov dars mashg‘ulotlari tashkil etildi
Oʻzbekiston respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025 yil 23-oktabrdagi PQ-316-sonli qarori bilan uzluksiz kasb-hunarga yoʻnaltirish dasturlari tasdiqlagan. Shu maqsadda: Kasbiy ta’limni ommalashtirish hamda o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari uchun “Atrofimizdagi kasblar”, “Kasblar alifbosi”, “Kasblar olami”, “Mening kelajakdagi kasbim” dasturlari ishlab chiqilgan. Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarida uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish hamda o‘quvchi-yoshlarni ongli kasb tanlashga yo‘naltirish maqsadida Joriy yilning 11-fevral kuni Yunusobod tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabida 5-6-sinf o‘quvchilari uchun tajriba-sinov dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. Tajriba-sinov dars mashg‘ulotlari “Kasblar olami” o‘quv dasturi asosida olib borildi. Darslar interaktiv metodlar, amaliy mashg‘ulotlar, rolli o‘yinlar, kasbiy moyillikni aniqlash testlari hamda muhokama va tahlil jarayonlari orqali tashkil etildi. Mazkur tajriba-sinov ishlari kelgusida o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish hamda boshqa ta’lim muassasalarida ham bosqichma-bosqich joriy etish uchun muhim amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ko'rish

INKLYUZIV TAʼLIM — EʼTIBOR, NATIJA
• Namangan shahar 17-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti (DMTT) — #mening_bogcham loyihasi doirasida. • Bugungi videoroligimiz mavzusi: “Inklyuziv taʼlim — eʼtibor, natija”. • Bizning bogʻchamizda barcha bolalar — imkoniyati cheklangan bolalar ham, sogʻlom bolalar ham — birga oʻynaydi, oʻrganadi va rivojlanadi. Inklyuziv taʼlim nima? • Inklyuziv taʼlim — bu barcha bolalarning, jumladan alohida taʼlim ehtiyojlariga ega bolalarning umumiy guruhda birga taʼlim olishi. • Davlatimizda bu yoʻnalishga katta eʼtibor qaratilmoqda (Prezident farmonlari, 2020-2025-yillar Konsepsiyasi, VM 638-son qarori). • Maqsad: hech bir bolani chetda qoldirmaslik, ularga teng imkoniyat berish. Bogʻchamizdagi amaliy ishlar Har bir bolaga individual yondashuv: tarbiyachilar, psixolog, logoped va defektolog bilan birga ishlaymiz. • Guruhlarda oʻyinlar, mashgʻulotlar, rivojlantiruvchi faoliyatlar — barcha bolalar ishtirok etadi. • Maktabgacha taʼlimda inklyuziv muhit yaratish: moslashtirilgan oʻyinchoqlar, qulay joylashuv, qoʻllab-quvvatlovchi vositalar. • Ota-onalar bilan doimiy hamkorlik: maslahatlar, treninglar, umumiy tadbirlar. Natijalar • Bolalar bir-biriga mehr bilan munosabatda boʻlishni oʻrganmoqda — bagʻrikenglik va doʻstlik kuchaymoqda. • Imkoniyati cheklangan bolalarda ijtimoiy koʻnikmalar, nutq, harakat rivoji sezilarli darajada yaxshilanmoqda. • Sogʻlom bolalarda empatiya (boshqalarni tushunish), masʼuliyat va oʻzaro yordam koʻrsatish hissi ortmoqda. • Umumiy natija: bogʻcha — hamma uchun qulay, xavfsiz va rivojlantiruvchi muhitga aylanmoqda! Xulosa va chaqiriq : • Inklyuziv taʼlim — bu faqat eʼtibor emas, balki haqiqiy natija beradigan yoʻl. • Bizning bogʻchamizda har bir bola muhim va qadrli!

Ko'rish

“Yozma diktant, mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish hamda didaktik o‘yinlar”
Joriy yilning 20-fevral kuni Qibray tumani hududida joylashgan 4-son umumta’lim maktabida tashkil etilgan 1-“A” inklyuziv sinfda alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan o‘quvchi — Bahtiyorov Bahodir Doniyor o‘g‘li bilan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Mazkur o‘quvchiga autizm spektri buzilishlari tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, u bilan ishlash jarayonida individual yondashuv asosida ta’lim-tarbiya ishlari olib borilmoqda. Mashg‘ulot maxsus pedagog Rahimova Iqbol Shuhrat qizi tomonidan tashkil etildi va olib borildi. Mashg‘ulot mavzusi “Yozma diktant, mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish hamda didaktik o‘yinlar”ga bag‘ishlandi. Mashg‘ulotning asosiy maqsadi o‘quvchining yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirish, qo‘l barmoqlari harakatini faollashtirish, diqqatini jamlash hamda o‘quv jarayoniga qiziqishini oshirishdan iborat bo‘ldi. Dars davomida turli metod va usullardan foydalanildi. Xususan, yozma diktant orqali o‘quvchining eshitish va yozish ko‘nikmalari mustahkamlandi, mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish uchun maxsus mashqlar, rangli materiallar va qo‘l harakatlarini faollashtiruvchi topshiriqlar berildi. Shuningdek, o‘quvchining qiziqishini oshirish hamda o‘rganish jarayonini yengillashtirish maqsadida turli didaktik o‘yinlardan foydalanildi. Bunday yondashuv o‘quvchining faol ishtirok etishiga, topshiriqlarni qiziqish bilan bajarishiga va ijobiy natijalarga erishishga yordam berdi. Mazkur mashg‘ulot jarayonini O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi metodisti Sh. Axmedova kuzatib bordi. Mutaxassis mashg‘ulot davomida qo‘llanilgan metodlar, pedagogik yondashuv va o‘quvchi bilan ishlash usullariga alohida e’tibor qaratdi. Mashg‘ulotga tumandagi inklyuziv sinflar faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablaridan jami 15 nafar maxsus pedagog ham taklif etildi va ular jarayonda faol ishtirok etdilar. Bu esa tajriba almashish, metodik jihatdan yangi yondashuvlarni o‘rganish hamda inklyuziv ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish uchun muhim imkoniyat yaratdi. Mashg‘ulot yakunida muhokama va tahlil jarayoni o‘tkazildi. Unda o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan maqsad va vazifalarning qay darajada amalga oshirilgani, darsning samaradorligi, qo‘llanilgan metodlarning to‘g‘riligi hamda o‘quvchi faoliyatidagi ijobiy o‘zgarishlar atroflicha muhokama qilindi. Maxsus pedagoglar tomonidan mashg‘ulot davomida kuzatilgan yutuqlar va ayrim kamchiliklar tahlil qilinib, o‘z fikr va mulohazalari bildirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida mashg‘ulotlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tashxis markazi metodisti tomonidan zarur metodik tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, pedagoglarga amaliy yordam ko‘rsatildi va inklyuziv ta’lim jarayonida samarali bo‘lgan usullar haqida qo‘shimcha tushuntirishlar berildi. Tadbir doirasida yana bir muhim faoliyat — ota-onalar bilan uchrashuv ham tashkil etildi. 1-sinf o‘quvchilarining 25 nafar ota-onalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu suhbat davomida inklyuziv ta’limning mazmuni, uning ahamiyati va jamiyatdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, “Inklyuziv ta’lim tushunchasi”, “Inklyuziv ta’limning huquqiy-normativ hujjatlari” hamda bugungi kunda O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushuntirishlar berildi. Ota-onalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil va tushunarli javoblar qaytarildi. Bu esa ota-onalarning inklyuziv ta’limga bo‘lgan tushunchasi va ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Ko'rish

Surxondaryo viloyatidagi 5-umumta’lim maktabida “Ishonch–2030” loyihasi doirasida alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay ta’lim muhiti yaratildi
Surxondaryo viloyatidagi 5-umumta’lim maktabida “Ishonch–2030” loyihasi doirasida alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay ta’lim muhiti yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Mazkur loyiha inklyuziv ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, har bir bolaning ta’lim olish huquqini ta’minlash hamda ularning jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Belgilangan talablarga muvofiq, maktablarda maxsus jihozlangan sinf xonalari tashkil etildi. Ushbu xonalar zamonaviy didaktik materiallar, rivojlantiruvchi o‘yinlar, ko‘rgazmali vositalar, sensor rivojlantirish jihozlari hamda individual yondashuv asosida ishlash imkonini beruvchi metodik resurslar bilan ta’minlandi. Ta’lim jarayonida bolalarning psixofiziologik xususiyatlari inobatga olinib, o‘quv muhiti moslashtirildi. Shu bilan birga, maktab infratuzilmasida ham qulayliklar yaratildi. Harakatlanishda qiynaladigan o‘quvchilar uchun panduslar va moslashtirilgan kirish yo‘laklari, qulay sanitariya xonalari tashkil etildi. Bu esa barcha o‘quvchilar uchun teng imkoniyat yaratishga xizmat qilmoqda. Loyiha doirasida psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Maxsus pedagoglar, maktab psixologlari va sinf rahbarlari hamkorligida har bir o‘quvchi uchun individual rivojlanish yo‘nalishlari belgilab olinmoqda. Ota-onalar bilan muntazam muloqot olib borilib, farzandlarning rivojlanish dinamikasi tahlil qilinmoqda. Bu esa ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga yordam bermoqda. Ma’lumot uchun, hozirgi kunda viloyatda 162 ta maktabda inklyuziv sinflar tashkil etilgan bo‘lib, ularda 267 nafar o‘quvchi qamrab olingan. Bu ko‘rsatkichlar hududda inklyuziv ta’limni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganidan dalolat beradi. Videolavhada Termiz tumanidagi 5-maktabda amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quv jarayonidan lavhalar aks etgan. Unda o‘quvchilarning dars jarayonidagi ishtiroki, maxsus pedagoglarning individual ishlash usullari va qulay muhitning ta’lim sifatiga ijobiy ta’siri yaqqol namoyon bo‘ladi. “Ishonch–2030” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur tashabbuslar alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalarning o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi, tengdoshlar bilan bir muhitda bilim olishi hamda kelajakda mustaqil hayotga tayyorlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ko'rish

Inklyuziv ta’lim hududlarda
Sirdaryo viloyati, Xovos tumanidagi 9-son umumta’lim maktabida inklyuziv ta’limni rivojlantirish yo‘nalishida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur maktabda inklyuziv sinflar tashkil etilgan bo‘lib, ta’lim jarayoni har bir o‘quvchining individual ehtiyojlari, qobiliyati va rivojlanish darajasini hisobga olgan holda tashkil qilinmoqda. Dars mashg‘ulotlari individual yondashuv asosida olib borilib, o‘quvchilarning bilim olish jarayonida faol ishtirok etishi, o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishi va tengdoshlari bilan birgalikda ta’lim olishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Inklyuziv sinflarda o‘quv jarayoni zamonaviy pedagogik metodlar, ko‘rgazmali vositalar hamda moslashtirilgan o‘quv materiallari asosida tashkil etiladi. O‘qituvchilar va mutaxassislar tomonidan o‘quvchilarning psixologik holati, bilim darajasi va individual rivojlanish xususiyatlari doimiy ravishda kuzatib boriladi. Bu esa o‘quvchilarning bilimlarni osonroq o‘zlashtirishi, ijtimoiy muhitga moslashuvi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, inklyuziv ta’lim jarayonida o‘qituvchilar, maxsus pedagoglar, psixologlar hamda ota-onalar o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu o‘quvchilarning rivojlanishiga kompleks yondashuvni ta’minlaydi. Bunday yondashuv har bir bolaning ta’lim olish huquqini ta’minlash, ularning jamiyatda faol va mustaqil shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. Ma’lumot o‘rnida: Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan 313 ta umumta’lim maktabining 78 tasida inklyuziv sinflar tashkil etilgan. Hozirgi kunda viloyat bo‘yicha jami 133 ta inklyuziv sinf faoliyat yuritib, ularda 158 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Bu ko‘rsatkichlar viloyatda inklyuziv ta’limni bosqichma-bosqich rivojlantirish, barcha bolalar uchun teng ta’lim imkoniyatlarini yaratish va ularni jamiyat hayotiga faol jalb etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning muhim natijasidir.

Ko'rish

”Inklyuziv ta’lim — bu shunchaki ta’lim emas…”
Buxoro shahridagi 45-umumta’lim maktabi maxsus pedagogi Dildora Qahhorova: -Inklyuziv ta’lim — bu har bir bolaning qalbiga yo‘l topish, uning imkoniyatini ko‘ra bilish va o‘ziga xosligini qadrlashdir. - Unda farq yo‘q. - Unda cheklov yo‘q. - Unda har bir bola muhim. - Har bir bola turlicha o‘rganadi: - Kimdir tezroq, kimdir sekinroq… ammo eng muhimi — hech kim ortda qolmaydi. Chunki haqiqiy ta’lim — bu nafaqat bilim berish, balki insoniylikni, mehrni, tushunishni va bir-birini qo‘llab-quvvatlashni o‘rgatishdir. Inklyuziv muhitda biz nafaqat birga o‘qiymiz, balki birga kulamiz, bir-birimizni tushunishni, hurmat qilishni va qadrlashni ham o‘rganamiz.

Ko'rish

Sirdaryo viloyatida ham inklyuziv ta’lim izchil rivojlanmoqda!
"Ota-onalarning munosabati ham ijobiy tomonga o‘zgarmoqda. Dastlab ayrim e’tirozlar bo‘lgan bo‘lsa-da, bugun ko‘pchilik ota-onalar inklyuziv ta’lim farzandlari rivoji uchun muhim ekanini anglab, ushbu tizimni qo‘llab-quvvatlamoqda"-deydi maxsus pedagog Xolmamatova Ra'no. Viloyatda 313 ta umumta’lim maktabidan 78 tasida jami 133 ta inklyuziv sinf faoliyat yuritmoqda. Ushbu sinflarga 158 nafar o‘quvchi qamrab olingan. Xovos tumanidagi 9-umumta'lim maktabida darslar individual yondashuv asosida olib borilib, maxsus metodikalar, ko‘rgazmali vositalar va interaktiv usullar qo‘llanilmoqda. Zaruratga ko‘ra defektolog, logoped va psixologlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Ko'rish

Oltiariq tumanida inklyuziv ta’limga alohida e’tibor!
Oltiariq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 2-sonli DMTTda inklyuziv ta’lim tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur muassasada barcha bolalar uchun teng imkoniyat yaratish, ularning qobiliyat va ehtiyojlarini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish ustuvor vazifa etib belgilangan. Maxsus pedagoglar, psixologlar hamkorligida bolalarning ijtimoiylashuvi, nutqiy va aqliy rivojlanishi bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Yaratilgan qulay shart-sharoitlar, zamonaviy didaktik vositalar hamda mehrga yo‘g‘rilgan muhit har bir tarbiyalanuvchining o‘zini erkin his etishi va jamiyatga moslashuvini ta’minlamoqda. Inklyuziv ta’lim — bu mehr, e’tibor va teng imkoniyat demakdir!

Ko'rish

Inklyuziv ta’lim: teng imkoniyatlar sari muhim qadam
Toshkent shahar Olmazor tumani 298-umumiy o‘rta ta’lim maktabida inklyuziv ta’lim tizimi izchil yo‘lga qo‘yilgani alohida e’tirofga loyiq. Mazkur ta’lim muhitida 1-sinf o‘quvchisi Muhammad hamda 2-sinf o‘quvchisi Zuhrabonu sog‘lom tengdoshlari bilan bir safda bilim olib, o‘z iqtidor va salohiyatlarini namoyon etib kelmoqdalar. Ularning teng imkoniyatlar asosida ta’lim olayotgani, sinfdoshlar bilan faol muloqotda bo‘lib, dars jarayonida ishtirok etayotgani inklyuziv ta’limning amaliy natijasidir. Ayniqsa, maktabda yaratilgan qulay va zamonaviy sharoitlar, pedagoglarning mehribonligi hamda individual yondashuvi har bir o‘quvchining o‘z o‘rnini topishiga xizmat qilmoqda. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik natijasida bolalar nafaqat bilim, balki ishonch, do‘stlik va jamiyatda o‘z o‘rnini topish kabi muhim qadriyatlarni ham egallamoqda.

Ko'rish

;