Yangiliklar

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi psixolog faoliyati o'rganildi va amaliy metodik yordam ko'rsatildi

O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxiz markazi bo‘lim boshlig‘i X.Foziljonov va metodist D.Muxammedjanova tomonidan 2022-yil 17-may kuni Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi 50- va 64-umumta’lim maktablari va Ishtixon tumanidagi 1-, 19- va 8- umumta’lim maktablarining ijtimoiy-psixologik xizmat, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, logopedik shoxobchalar va inklyuziv ta’lim faoliyatini o‘rganildi hamda amaliy yordam ko‘rsatildi. psixologlar faoliyati o‘rganildi hamda amaliy metodik yordam ko‘rsatildi.

Shu bilan bir qatorda Qo‘shrabot va Ishtixon tuman xalq ta’limi bo‘limi Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyati o‘rganildi hamda metodik yordam ko‘rsatildi.

🔹Markaz xodimlari tomonidan kelgusidagi rejalar belgilanib, ishtirokchilarga psixolog xonalarining jihozlanishi, turli xil sabablarga ko'ra maktablarning ichki nazoratiga olingan o'quvchilar bilan ishlash tartibi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari bilan ishlash va boshqa tegishli masalalar bo'yicha aniq topshiriqlar berildi.

;