Yangiliklar

Maktabgacha va maktab taʻlimi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan logopediya shoxobchasi o‘qituvchi-logopedlar uchun o‘quv-seminar

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi inklyuziv ta’lim bo‘limi tomonidan Respublikadagi logoped-o‘qituvchilarning malakasini oshirish maqsadida navbatdagi o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi. O‘quv seminarda Toshkent shahar Olmazor tumani 134-sonli maktab o‘qituvchi-logopedi Abdullayeva Shahnoza “Bolalarning impressive nutqini tekshirish metodikasi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

O‘quv seminar zoom platformasi orqali onlayn tashkil etildi va Respublikaning 400 nafardan ortiq o‘qituvchi-logopedlari ishtirok etishdi.

;