Yangiliklar

Ustozdan shogirdga bir qadam

“Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Ustozdan shogirdga bir qadam” mavzusida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

     Mazkur jarayonda Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining xodimlari tomonidan Shayxontohur tumani umumtaʼlim muassasalarida ichki nazorat roʻyxatiga olingan 50 nafar oʻquvchilar uchun “Hayotiy koʻnikmalarni shakllantirish” mavzusida trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.

     Mashgʻulotlarda maqsadni qoʻyish va erishish usullari, kasb tanlash jarayonida individual-psixologik xususiyatlarning ahamiyati xususida tavsiyalar berildi.

    Shuningdek, “Barkamol avlod” bolalar maktabining pedagog xodimlari uchun oʻquvchilar bilan  dars jarayolarini qiziqarli tashkil etishda qoʻllaniladigan faollashtiruvchi oʻyinlar, mashgʻulotlardan iborat boʻlgan ma'lumotlar taqdim etildi.

;