Yangiliklar

Toshkent viloyati Xalq ta'limi bo'limi boshqarmasi tomonidan Zangiota tumani Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 40-maktabida  «Umumiy o‘rta ta’lim maktabi rahbarlari, hamda maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, amaliyotchi psixologlari va inspektor psixologlar o‘rtasidagi hamkorlik ishlarini samarali tashkil etish» yuzasidan o‘quv seminar tashkil etildi.

    O‘quv seminarda O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi raxbari L.Gayniddinova ,K.Juraboyev va Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Pedagogik- psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish sho‘ba rahbari Sh.Hakimova o‘zlarining sohaga oid mulohazalari bilan ishtirok etdi. Tadbirda barcha umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, amaliyotchi psixologlari qatnashdi.
    Seminar davomida maktab rahbarlari ish faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish hamda ta’lim muassasalarida ijtimoiy- ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha tushunchalar berildi.

;