Yangiliklar

Respublika tashxis markazi metodistlari Sirdaryo viloyati, Mirzaobod, Yangiyer, Guliston, Oqoltin va Sardoba tumanlarning psixologlari va logopedik shohobchalar faoliyati o‘rganildi.

   16-18-may kunlari O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi metodistlari G.Yusupova, Y. O‘ktamovalar tomonidan Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanining 3-9-, Yangiyer tumanining 1-9-, Guliston tumaniga qarashli 25-70-, Oqoltin tumani 8-18-, Sardoba tumani 6-12-sonli umumta’lim maktablarining amaliyotchi psixologlari va logopedik shohobchalar faoliyati o‘rganildi.

    O‘rganishlar jarayonida umumta’lim maktablarining amaliyotchi psixologlari tomonidan yillik ish reja asosida choraklik hisobotlarning yuritilish tartibi ijobiy holatda ekanligi, Markaz tomonidan ishlab chiqilgan dastur va ularda qamrab olingan trening mashg‘ulotlarining tartibi, Markazning ijtimoiy tarmoqlardagi veb-saytidan foydalanishda yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

     XTB psixolog-metodist va metodist faoliyatini o‘rganish jarayonida ish rejalarning qoniqarli ishlab chiqilganligi va shu asosda raqamli hisobotlar qabul qilinayotganligi aniqlandi.

;