Yangiliklar

Biz birgamiz.

  Joriy yilning noyabr oyida Inklyuziv ta’limda imkoniyati cheklangan bolalar  uchun “Biz birgamiz” oyligi tashkil etilganiligi munosabati bilan Mirobod tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 83-sonli umumta’lim maktabining Inklyuziv 1-A sinfida joriy yilning 18-noyabr kuni Matematika fanidan Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Ye.E.Andriyaxina va maktab amaliyotchi psixologi S.K.Atabaeva bilan birgalikda " Ochiq dars" tashkil etildi.

      Matematika darslari davomida taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish orqali o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlari,  diqqati shakllanadi, xotira mustahkamlanadi, lug‘at boyligi kengayadi. Sinfdagi o‘quvchilarning aqliy imkoniyatlarining rivojlanish darajalari  bir xil bo‘lmaganligi sababli, o‘quvchilarning har bir darsda egallagan bilim, ko‘nikmalarining me’yorlari turlichadir. Bunday holat o‘qituvchidan har bir o‘quvchiga nisbatan alohida yondashilgan  holda tabaqalashtirilgan munosabat bo‘lishini  talab etadi. Berilgan yangi mavzularni qiyinchilik bilan o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarga oson misollarni yechish, ularga topshiriqlarni qayta-qayta tushuntirish, o‘qituvchi ketidan qaytarish, doskadan ko‘chirish, doska oldida o‘qituvchi bilan ishlash kabi talablar qo‘yiladi, ushbu toifadagi o‘quvchilar imkoniyatiga mos misol, masala, topshiriqlar  yengillashtirib beriladi. Ochiq darsda o‘quvchilar bilimi interfaol metodlar yordamida mustahkamlandi. Jismoniy daqiqa tashkillashtirilib bolalar kayfiyati musiqali harakatlar orqali a’lo darajaga ko‘tarildi.  " Ochiq dars" davomida inklyuziv ta’lim qatnashchilari sog‘lom tengdoshlari bilan bir qatorda faol qatnashdi va baholandi.

;