Yangiliklar

“Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” mavzusida videoroliklar tanlovini e’lon qilgan

Ma’lumki, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” mavzusida videoroliklar tanlovini e’lon qilgan edi. Mazkur tanlovga qator vazirlik va idoralar xodimlari faol ishtirok etdilar.

Bugun, “Xalqlar do‘stligi” maydonida “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayram munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i!” mavzusidagi tashkil qilingan videoroliklar tanlovida Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika tashxis markazi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, 10 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

;