Yangiliklar

Bayroq

Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari — bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. Boisi, davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Lekin dunyoda bironta ramz yoki timsol davlatni, millatni jahonga Davlat bayrogʻidek tanita olmaydi.

Binobarin, milliy davlatchiligimiz tarixining barcha davrlarida davlat ramzlari, xususan, bayroq Vatan timsoli sifatida muqaddas sanalgan. Buyuk bobomiz Amir Temur ham davlat ramzlariga jiddiy eʼtibor qaratganini jang maydonida bir lashkar omon qolsa ham, Vatani bayrogʻini baland tutishiga farmon berganidan bilsa boʻladi. U kishi gʻoliblik bayrogʻini yuksak koʻtardi. Bu bayroq ostida buyuk el birlashdi, u barpo etgan ulugʻ saltanatni dunyo tan oldi.

Jizzax viloyati 36-maktab Inklyuziv sinf o'quvchilari bayroq qabul qilingan kun munosabati bilan tashkil etilgan darsdan lavhalar

;