Yangiliklar

Bayroq – bizni ulugʻ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mashʼaladir.

Bayroq – bizni ulugʻ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mashʼaladir. U oʻzida butun Oʻzbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, gʻayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondoʻstlikni mujassam etgan. Qadim-qadimdan har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli boʻlib kelgan. Bugungi kunda ham dunyo mamlakatlaridagi koʻplab elchixonalarimiz binolari, qator xalqaro tashkilotlar qarorgohlarida bayrogʻimiz Oʻzbekiston ramzi boʻlib turibdi.

Bugun ham vatan bayrogʻi deganda, koʻz oldimizda butun bir mamlakatning timsoli, jahonning siyosiy-ijtimoiy xaritasidagi qiyofasi gavdalanadi. “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 2-moddasida “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir”, deb belgilab qoʻyilgan.

Andijon viloyati Xonobod shahar 4- maktab 2 B sinf o'quvchilari Bayrog'imizning 31 yilligi munosabati bilan otkazilgan tadbiridan  lavhalar.

;