Bahorning ilk kuni hamda Zulfiyahonim Isroilova tavalludining 109 yilligiga bag‘ishlab respubliada joriy etilgan inklyuziv maktablarda tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, Namangan viloyati Pop tumani 65-sonli maktabda 1- inkluziv sinfda “Jajji goʻzallar Zulfiyaxonim izdoshlari” nomli koʻrik tanlovi, Qashqadaryo viloyati muborak tumani 4-maktab 1-"d" inklyuziv sinf o'quvchilari hamda barcha o'qituvchilar ishtirokida o'qish fanida ochiq dars boʻlib oʻtdi. Uyushtirilgan tadbirlarda alohida taʻlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar ham qamrab olindi. Ushbu tadbirlar orqali alohida taʼlim extiyojlari boʻlgan oʻquvchilar hamda sogʻlom bolalar orasida doʻstona munosabat, bagʻrikenglik kabi xususiyatlar shakllantirildi.