Yangiliklar

Maktablarda inklyuziv ta’limga e’tibor

Soʼngi yillarda davlatimizda misli koʼrilmagan darajada yangiliklar, rivojlanishlar har daqiqada sodir bo‘la boshladi. Shulardan taʼlim tizimiga nazar soladigan boʻlsak oʻquvchilarning bilim olishi uchun deyarli barcha imkoniyatlar yaratildi. Chet tili sohasi, informatsion taʼlim, yangi yoʻnalishlar barchasi yosh avlod uchun. Bu oʻrinda alohida aytadigan taʼlim bu-inklyuziv taʼlimdir.

Inklyuziv taʼlim bu nima? Uning maqsadi, jarayoni, kimlar uchun? – degan savollar albatta bor. Inklyuziv taʼlim— davlat siyosati boʻlib, nogiron va sogʻlom bolalar oʻrtasidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, maxsus taʼlimga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga koʻra nogiron boʻlgan) oʻsmirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qatʼiy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yoʻnaltirilgan umumtaʼlim jarayoniga qoʻshishni ifodalovchi taʼlim tizimidir.

Maktablarda inklyuziv taʼlim birdaniga ochilib yoʻlga qoʻyilmadi sabab shuki, ular sinovda boʻlishdi. Sinov orqali oʻquvchilar va oʻqituvchilarning harakatlari oʻrganildi. Buning natijasini albatta qisqa muddatda olish qiyin. Uning uchun koʻplab urinishlar, izlanishlar va albatta vaqt kerak boʻladi. Shunday boʻlsada inklyuziv taʼlimning samarasi koʻzga koʻrinadigan darajada gavdalandi. Bunda rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarga ishonch yana qaytadan berildi desam adashmayman. Ularning psixologiyasiga yaxshi taʼsir koʻrsatdi. Demak ular oʻzlarini jamiyatga foyda keltirmaydigan, hech narsani bilmaydigan yoki bilishga haqqi yoʻq degan tushunchalardan ozod boʻldi. Harakat, izlanish, rivojlanish yuzaga kela boshladi. Insonlarga mehri oshdi. Bu psixologik tarafdan ijobiy natijani koʻrsatadi.  Sogʻlom bolalar uchun esa oʻzlaridagi ruhiy kechinmalarini boshqara olishga, kuch-qudratini yanada koʻproq sezishga, aqliy savodxonligining yuqoriligiga ishonchi ortdi.

Inklyuziv ta’limda amalga oshirilayotgan ishlardan biriga misol tariqasida Navoiy viloyati Konimex tumani 7- umumiy o'rta ta'lim maktabida 1- sinf inklyuziv ta'lim o'quvchilari ishtirokida “Inklyuziv ta’lim” mavzusidagi seminarni keltirishimiz mumkin.

;