Yangiliklar

Matematika fanidan “Buklash orqali simmetriya chizig‘ini topish” mavzusi o‘tildi.

Namangan viloyati Pop tumani 65 - sonli maktabning 1-"A" inklyuziv sinfda  tahsil olayotgan o’quvchilarni dars jarayonlaridan lavhalar. Matematika fanidan “Buklash orqali simmetriya chizig‘ini topish” mavzusi o‘tildi. Darsda  interfaol metodlar, ta’limiy o‘yinlardan foydalanildi. Yangi mavzuni mustahkamlashda o‘quvchilar rangli qog‘ozdan kvadrat shaklini qirqib oldilar va buklash orqali  to‘g‘ri to‘rtburchak  hamda uchburchak shakllarini hosil qildilar. Simmetriya chiziqlari o‘tkazishni amaliy bajarishdi. Mavzuni sog‘lom tengdoshlari qatori inklyuziv ta’lim qatnashchilari ham qiziqib bajarishdi. Yangi mavzuni mustahkamlashda “To‘g‘risini top” ta’limiy o‘yini o‘tkazildi.  O‘quvchilar qarsak chalish orqali  to‘g‘ri ma’lumotni tasdiqladilar. Bu ta’limiy o‘yinda geometrik shakllar nomlarini ham takrorlandi.

Inklyuziv sinf dars jarayonlari tuman Xalq ta’limi bo’limi mutaxassislari hamda ota-onalar tomonidan  muntazam kuzatib boriladi. Ota-onalar xursand. Alohida ta’lim ehtiyojli bolalarda o‘zgarishlar yaxshi, sinfdoshlari bilan doimo do‘stona aloqadalar.

;