Yangiliklar

Navoiy shahar 5- IDUM ning 1-“A” korreksion sinf o‘quvchilari Texnologiya (Qo‘l mehnati) fani dars jarayonidan lavhalar.

Texnologiya (Qo‘l mehnati) fani  alohida ta’lim ehtiyojli bolalarni umumiy
kasb-hunarga tayyorlashning dastlabki bo‘g‘ini hisoblanadi. Mehnat jarayonida bolaning bilim darajasi, ijodiy qobiliyati o‘sadi.
Bolaning har tomonlama rivojlanishida mehnat tarbiyasi asosiy omil bo‘lib, uning aqliy, jismoniy va ma’naviy kamol topishiga xizmat qiladi. Mehnat jarayonida bolaning bilim darajasi, ijodiy qobiliyati oshadi. Unda o‘z ishini rejalash, qilgan ishini baholash, o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda qo‘l mehnatiga o‘rgatish quyidagi vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan: o‘quvchida ijobiy xislatlarni tarbiyalash, mehnatsevarlik, jamoa bo‘lib ishlash, mustaqil ish qilishga tayyorlab borish. Mehnat faoliyati samarali bo‘lishi uchun o‘quvchining yoshi, aqliy va jismoniy imkoniyatini hisobga olish zarur. bolalarning ish faoliyati chegaralanganligi tufayli, o‘qituvchi bolaning ish faoliyatini boshqarib turadi. O‘qituvchi o‘quvchiga ishni qanday tashkil etishni, ishni nimadan boshlashni, u yoki bu jarayonni qanday bajarishni o‘rgatib boradi, shu bilan birga har bir ish bosqichini mumkun qadar ongli bajarishga o‘rgatishi lozim. Bu o‘quvchida o‘z-o‘ziga ishonch tuyg‘usini uyg‘otadi, o‘z imkoniyatlariga baho berishga o‘rgatadi.

Qo‘l mehnati darslarida o‘quvchida ruhiy-jismoniy kamchiliklarni korreksiyalash bilan birga barcha his qilish sezgilari ham rivojlanadi. Shu orqali bolada tevarak-atrofni anglash, his qilish tasavvuri kengayib boradi. Shu bilan birga estetik tarbiyaga oid ishlar muntazam olib borilishi lozim.

Har qanday ishni bajarish bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Bunda maxsus pedagogning mahorati hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

;