Yangiliklar

Inklyuziv ta’limda pedagog faoliyati

Ma’lumki, inklyuziv ta’limda alohida ta’lim ehtiyojidagi bolalar barcha bolalar bilan birga ma’lum maqsadda turli qobiliyatlarga muvofiq guruhlashtiriladi. Maxsus ta’lim aqliy, jismoniy tashqi ko‘rinishga muvofiq amalga oshirilsa, inklyuziv ta’lim bolaning qobiliyati va imkoniyatlariga ko‘ra belgilanadi. Maxsus ta’lim o‘qitishning maxsus va alternativ dasturlari orqali o‘qitilsa, inklyuziv ta’lim bolaga yo‘naltirilgan va moslashtirilgan, yo‘riqnomali, barchaga mo‘ljallangan o‘quv dasturi asosida o‘qitiladi. Inklyuziv ta’limning o‘ziga xos muhim jihati shundaki, bolalar va o‘qituvchi bir-birlaridan o‘rganishadi hamda muammolarni birgalikda hal etishadi. Bunga quyida yorqin misollar keltiramiz.

Toshkent shahar Shayxontoxur tumani 324- umumiy o'rta ta'lim maktabi 2-''D'' inklyuziv sinf o‘quvchilari korreksion mashg‘ulotlaridan lavhalar. Boshlang‘ich sinf  o‘qituvchisi Dilfuza Rasulova.

;