Yangiliklar

Inklyuziv ta’limda psixolog faoliyati

Sirdaryo viloyati Sardoba tumani 19-sonli boshlang‘ich ta’lim maktabining 1-“a” inklyuziv  sinfida tahsil olayotgan o‘quvchilarning psixologik guruhiy mashg‘ulotlarda qatnashishidan lavhalar. Psixolog Musurmon Berdiyev.

Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar bilan maxsus pedagog bilan bir qatorda psixolog ham mashg‘ulotlar olib boradi. Psixolog o‘quvchilarni ruhiy jihatdan ta’limga tayyorlab beradi. Bugun 1-“a” inklyuziv  sinfida " Savatcha"  nomli korreksion mashg‘ulot olib borildi. Meva va sabzavot rasmlari bir biriga aralashtirib berildi. Ishtirokchilar ikki guruhga bo‘lindilar. Birinchi guruh o‘quvchilari mevalarni, ikkinchi guruh esa sabzavotlarni savatchaga terib berdilar. Bu mashg‘ulot orqali o‘quvchilar orasida sog‘lom do‘stona muhit yaratildi.

;