Yangiliklar

Inklyuziv ta’lim qatnashchilari ingliz tili fanidan ochiq darsda

Inklyuziv ta’lim barcha uchun barobar ta’lim tizimi bo‘lib, hozirgi kunda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar sog‘lom tengdoshlari qatori fanlarni o‘zlashtirishda faol qatnashib kelishmoqda. Xususan, Andijon viloyati Xonobod shahar 4- maktab inklyuziv sinf o'quvchilari ingliz tili fanidan ochiq darsda qatnashishdi. Ochiq dars “ English in our life. Clothes.”- “Ingliz tili bizning hayotimizda. Kiyimlar” mavzusida bo‘lib, inklyuziv ta’lim qatnashchilari ham faol qatnashishdi. O‘quvchilar “savatcha” faollashtiruvchi metodi orqali kiyimlarni ingliz tilida nomlashni o‘rganishdi. Ochiq dars davomida o‘quvchilar “My family”- “Mening oilam” nomli quvnoq qo‘shiqni jo‘rlikda kuylashdi. Inklyuziv ta’lim qatnashchilari nafaqat jamiyatga qo‘shilish balki chet tillarini o‘rganishda ham faolligini namoyon qilishmoqda. Bunday ko‘rsatgich zamirida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maxsus pedagog va psixologning mehnati albatta katta ahamiyat kasb etadi.

;