Farg‘ona shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 5-maktabda alohida ta’lim yo‘nalishi fan o‘qituvchilari, inklyuziv sinf maxsus pedagoglari hamda logopedik shoxobcha logopedlari uchun ochiq mashg‘ulotlar kuni o‘tkazildi. Unda bo‘lim tasarrufidagi umumta’lim maktablari vakillari qatnashdilar. Seminar davomida inklyuziv ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan pedagoglar o‘quvchilarni dars davomida faoliyatini kuzatib, soha mutaxassislari bilan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Inklyuziv ta’limda erishilgan yutuqlar ko‘rsatib berildi. O‘qituvchi logoped tomonidan o‘quvchilar nutqini ravon qilishga doir korreksion mashg‘ulotlar ko‘rsatib berildi va ijobiy natijalarga erishildi. Seminarda inklyuziv sinf hamda logopedik shoxobchadagi ta’lim sifati va samaradorligi ko‘rildi va seminar yakunida tahlil qilindi.