Bugungi kunda Respublikamizda inklyuziv ta’lim sarhadlari tobora kengayib bormoqda. Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar sog‘lom tengdoshlari qatorida bilim olish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Inklyuziv ta’lim qatnashchilariga sharoit yaratish maqsadida maktablar panduslar va boshqa qulaylik yaratadigan asbob-uskunalar bilan jihozlanmoqda. Inklyuziv ta’lim qatnashchilari bilan korreksion mashg‘ulotlarni olib boorish uchun maxsus pedagog va psixolog jalb qilinmoqda. Hududlarda inklyuziv ta’lim sohasida faoliyat olib borayotgan pedagoglar o‘zlarining erishgan yutuqlarini Respublika miqiyosida hamkasblari bilan baham ko‘rishmoqda. Shahrisabz shahar 7 -maktabida "Dizartriya va uning shakllari, dizartrik bolalar bilan korreksion ishlar" mavzusida inklyuziv sinfga qabul qilingan o‘quvchilar bilan o‘tkazilgan seminardan lavhalar.