Inklyuziv taʼlim — davlat siyosati boʻlib, nogiron va sogʻlom bolalar oʻrtasidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, maxsus taʼlimga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga koʻra nogiron boʻlgan) oʻsmirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qatʼiy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yoʻnaltirilgan umumtaʼlim jarayoniga qoʻshishni ifodalovchi taʼlim tizimidir. Inklyuziv taʼlim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng huquqlilik asosida taʼlim tarbiya olishlarini taʼminlaydi. Shuning uchun ham ahamiyatlidir. Inklyuziv taʼlim olish jarayoni bir-biriga oʻxshamaydigan, intellektual,jismoniy va aqliy xususiyatlarga ega boʻlgan odamlar maxsus bilimga muhtoj boʻlmagan tengdoshlari bilan birgalikda zarur bilim va ko‘nikmalarini oladigan tarzda tashkil etiladi. Inklyuziy taʼlim-alohida ehtiyojli bolalar bilan sogʻlom bolalar uchun teng taʼlim olish imkoniyatini yaratadi.
Bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’iy nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etilishi kerak. Bu haqida AOKAning Sirdaryo viloyat boshqarmasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi brifingda Xalq ta’limi boshqarmasi pedogogik psixologik sho‘ba mudiri Gulchiroy Rahmonova ma’lumot berdi.