Navoiy viloyati Zarafshon shahar 3-maktabda "Bolaligim-podsholigim" nomli tadbir tashkil etildi. Tadbirda inklyuziv sinf va uyda taʼlim olayotgan oʻquvchilar, ularning ota-onalari taklif etildi. Tadbirda alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar ham faol qatnashib, o‘zlarining imkoniyatlaridan unumli foydalanishdi. “Kim epchilu, kim chaqqon” shartida inklyuziv ta’lim qatnashchilari ham ishtirok etishdi. O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan she’r, qo‘shiq, raqs namoyishlari tadbirni yanada ko‘tarinki kayfiyatda o‘tishiga sababchi bo‘ldi. Maktab maʼmuriyati tomonidan bolajonlarga bayram sovgʻalari topshirildi. Ota-onalar farzandidagi ta’limga bo‘lgan qiziqish va o‘zgarishlarni ko‘rib xursand bo‘lishdi va maktab ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.