🔹Imkoniyati cheklangan bolalarning sog‘lom bolalar qatori ta’lim-tarbiya olishlarini ta’minlash hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadi 2021-2022-o‘quv yilidan Kogon shahridagi 3-umumta’lim maktabida boshlang‘ich tayanch korresion sinfi tashkil qilingan edi.
Joriy o‘quv yilida esa tayanch korreksion sinflar soni esa yana bittaga oshib, o‘quvchilar qamrovi 8 nafardan 16 nafarga yetdi.
🔹Ayni paytda maktabda bu o‘quvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, samarali natijalarga erishilmoqda.
Kuni kecha poytaxtimiz Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Inklyuziv taʼlimning dolzarb masalalari: muammo va ularning yechimlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida maktab direktori Gulnora Najmiddinova bu boradagi tajribalarini taqdimot qildi.