Yangiliklar

Respublika tashxis markazi bolajonlarni “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan muborakbod etadi.

Bolalar bizning kelajagimiz, hayotimiz davomchilaridir. Ularni har tomonlama barkamol avlod qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchi hisoblanadi.

Har bir bola o‘zgacha olam va ularning har birida o‘ziga xos qobiliyat mavjud.

Bizning vazifamiz farzandlarimizdagi qobiliyatlarni kashf qilish va ularni ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.

Iqtidorli bolalar birlashamiz va tengdoshlarga motivatsiya beramiz! 

Barcha bolajonlarni bayram bilan yana bir bor qutlagan holda, barchangizni yon-atrofdagi bolalarga mehr ko‘rsatishga, ularning huquqlarini himoya qilishga, eng asosiysi farzandlarimizning qobiliyatlarini va orzularini ro‘yobga chiqarishda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga chaqirib qolamiz!

Bolalar kulgusi doimo bardavom bo‘lsin!!!

;