Yangiliklar

“Maktab va maktabgacha taʼlimi tizimidagi ijtimoiy-psixologik xizmat va kasb-hunarga yoʻnaltirishda innovatsion yondashuv” mavzusidagi psixologlar forumi oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan  “Maktab va maktabgacha taʼlimi tizimidagi ijtimoiy-psixologik xizmat va kasb-hunarga yoʻnaltirishda innovatsion yondashuv” mavzusidagi psixologlar forumi oʻtkazilmoqda.

   Forumni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad: Vazirlik tizimidagi taʼlim tashkilotlarida psixologik xizmat samaradorligini oshirish, Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan psixologlar uchun 2024-2025 oʻquv yiliga moʻljallangan namunaviy ish rejada belgilangan vazifalarning taqdimotini oʻtkazishdan iborat. 

   Shu munosabat bilan psixologlar forumida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Milliy gvardiya Bolalar bilan ishlash boshqarmasi, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutidan maxsus mutaxassislar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.

 Forum davomida Markaz mutaxassislari tomonidan “Voyaga yetmaganlarda addiktiv xulq-atvor turlari, sabablari va uning profilaktikasi”, “Agressiv (tajovuzkor) xatti-harakatlar”, “Voyaga yetmaganlarda autodestruktiv  xulq-atvor profilaktikasi” va “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida delinkvent xulq-atvor turlari, sabablari va profilaktikasi” mavzularida ishlab chiqilgan modullar asosida ishtirokchilar uchun maʼlumot taqdim etildi. Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar guruhlarga ajratilgan holda Markaz mutaxassislari tomonidan “Psixoaktiv moddalar isteʼmoli profilaktikasi boʻyicha universal oʻquv dasturining mutaxassislar uchun dolzarb/muhim mavzulari”, “Qadriyatlar shaxsning asosi sifatida” mavzularida trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.


Mazkur jarayon 22-avgust kuni ham davom ettiriladi.

;