Yangiliklar

Navoiy viloyatining maktab psixologlari uchun amaliy seminarlar davom etmoqda!

“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi yuzasidan Xalq ta’limi vazirligining chora-tadbirlar rejasi belgilab olingan.

Maktab psixologlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasidagi normativ -huquqiy hujjatlardan xabardorligini oshirish maqsadida 2022-yil 30-iyun kuni Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining yetakchi mutaxassislari tomonidan “Erkaklar va ayollar, shu jumladan qizlar uchun teng imkoniyatlar va teng huquqlarning kafolatlari” mavzusida o‘tkazilgan o‘quv-seminarning ikkinchi kunida Xatirchi va Qiziltepa tumanlari ta’lim muassasalarining 125 nafar psixologlari o‘qitildi.

;