Yangiliklar

“Gender zo‘ravonlikka idoralararo javoban standart operasion ish tartiblarini amaliyotga tatbiq etishni yanada kengaytirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

     Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi tomonidan BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (YUNFPA) bilan hamkorlikda 2022-yil 13-15-iyul kunlari Toshkent shahridagi “Le Grand Plaza” mehmonxonasida “Gender zo‘ravonlikka idoralararo javoban standart operasion ish tartiblarini amaliyotga tatbiq etishni yanada kengaytirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.


    Mazkur seminar-treningda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi metodisti D.Kamalova ishtirok etdi.


    Seminar-trening gender zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va psixologik xizmatlar ko‘rsatuvchilarga idoralararo javob choralari bo‘yicha faoliyat olib boradigan milliy trenerlarning malakasini oshirish qaratilgan.

;