1-2-may kunlari Navoiy viloyatining Xatirchi va Qiziltepa tumanlarida psixologlar uchun seminar trening tashkil etildi.
Seminarda 600 dan ortiq psixologlar qatnashdilar.
Oʻquv seminarda:
Voyaga yetmagan oʻquvchi yoshlar orasida ijtimoiy me’yordan ogʻish holatlarini yuzaga keltiruvchi omillar;
“Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni”;
Salbiy xulq-atvorning oldini olish va bartaraf erish boʻyicha maktab psixologi ish rejasiga muvofiq amalga oshiriladigan vazifalar xususida soʻz yuritildi.