Yangiliklar

“Yoz – o‘tmoqda soz”

 Joriy yilning 29 may kunida  2025-yilning yoz mavsumida “Yoz – o‘tmoqda soz” dasturi doirasida Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida psixologik xizmat ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan amaliy-seminar tadbiri tashkil etildi.

Mavzular quyidagicha yoritildi:

      “Emotsiya, emotsional intellekt – tushunchasi”

Bolalarda emotsiyalarni anglash, boshqarish va empatiya shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tildi.

 “IQ uchun zarur bo‘lgan jihatlar”

Aqliy rivojlanishning muhim komponentlari – xotira, tafakkur, diqqat va muammo yechish ko‘nikmalarining ahamiyati tushuntirildi.

     Seminar davomida interaktiv metodlar, o‘yin shaklidagi mashg‘ulotlar hamda psixologik tavsiyalar taqdim etildi. Ishtirokchilar tomonidan faol fikr almashinuvi va tajriba asosida muhokamalar olib borildi.

;