Yangiliklar

Taʼlim tashkilotlarida bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tartibi boʻyicha onlayn seminar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “2026-2030-yillarga moʻljallangan Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-256-son Farmonida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim tashkilotlarida amalga oshiriladigan bir qator vazifalar belgilab berilgan.

Shuningdek, ushbu Farmon ijrosi yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 26-dekabrdagi 02-213-sonli “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini 2026-2027-yillarda amalga oshirish boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining nazorat-rejasi” ishlab chiqilgan.

Joriy yilning 21-yanvar sanasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan onlayn seminar oʻtkazildi.

            Seminarni vazirlikning Taʻlim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni va chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi Kamalov Azamat Jamalovich ochib berdi.

Shuningdek, Respublika tashxis markazi mutaxassislari tomonidan ishtirokchilar uchun:

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi

“2026-2030-yillarga moʻljallangan Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-256-son Farmonining mazmun-mohiyati;

             Voyaga yetmaganlarga nisbatan onlayn zoʻravonlik va kiberjinoyatlarning oldini olish, “raqamli xavflar” toʻgʻrisida  xabardorligini oshirish;

 Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining 2025-yil 6-martdagi 81-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan bolalarga nisbatan zoʻravonlikni oldini olish, bartaraf etish hamda qarshi kurashish toʻgʻrisidagi Nizomining ijrosini taʼminlash mavzulari yuzasidan taqdimotlar asosida maʻlumotlar taqdim etildi.

             Seminarda hududiy boshqarmalar hamda tuman (shahar) boʻlimlarining masʼul xodimlari shuningdek, barcha umumtaʼlim maktablarining 14 433 nafar maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari va 10812 nafar psixologlari markazlashgan holda ishtirok etishdi.                                                                                                                                                        

;