Asaka tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari ishtirokida “Kasblar festivali” tadbiri tashkil etildi. Tadbirda maktab oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlari
namunalari koʻrgazmasi orqali avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, harbiy qismlarda oʻz faoliyatlarini namoyish etish, mebel yasash, tikuvchilik, toʻn tikish, do‘ppi tayyorlash, milliy taqinchoqlar tayyorlash, milliy taomlar, shirinliklar pishirish va ayollar sartaroshi, erkaklar sartaroshi, shuningdek robotexnika yasash, yangiliklar yaratish va boshqa kasblar boʻyicha oʻz iqtidori va isteʼdodini namoyish etdilar.
