2026-yil 23-yanvar kuni Jizzax yuridik texnikumida Jizzax shahar va Sh.Rashidov tuman maktab va maktabgacha taʼlim bo‘limlari bilan birgalikda maktabning 9-va 11-sinf bitiruvchilarini kasbga qiziqtirish va kasbiy taʼlim tizimi bilan tanishtirish maqsadida shahar va tumanda joylashgan maktab o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

O‘quvchilarga texnikumda mavjud yo‘nalishlar, qabul jarayoni bilan bog‘liq maʼlumotlar, o‘qish muddatlari, taʼlim shakllari, texnikum bitiruvchilari uchun mavjud imtiyozlar haqida batafsil tushuntirish berildi. Shuningdek, maktab o‘quvchilari texnikumdagi pedagogik jamoaning salohiyati, mavjud shart-sharoitlar, kompyuter xonalari va axborot resurs markazidagi kitoblar fondi bo‘yicha batafsil maʼlumot olishdi.