Yangiliklar

“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to‘siqlarni bartaraf etish mexanizmlari”

 

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (MTT) inklyuziv ta’limni yanada rivojlantirish, ta’lim jarayonida uchraydigan to‘siqlarni bartaraf etish hamda pedagog xodimlar salohiyatini oshirish maqsadida Respublika tashxis markazi tomonidan 2026 yil uchun Zoom seminarlar grafigi asosida joriy yilning 7-yanvar kuni “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to‘siqlarni bartaraf etish mexanizmlari” mavzusida MTTda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar uchun seminar tashkil etildi.

 Seminar davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muhim tushunchalar va amaliy tavsiyalar yoritildi:

- inklyuziv muhit yaratishda uchraydigan asosiy to‘siqlar (tashkiliy, metodik, kommunikativ va muhitga oid);

- bolalarning individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda moslashtirish (akkomodatsiya) va modifikatsiya yondashuvlari;

- pedagogik jamoa va ota-onalar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish mexanizmlari;

- ta’lim jarayonida vizual ko‘mak, jadval, ko‘rsatmalar va qo‘llab-quvvatlovchi vositalardan samarali foydalanish;

- bolalarning ijtimoiy moslashuvi va faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar.

 Ushbu seminar pedagoglar uchun nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki kundalik faoliyatda qo‘llash mumkin bo‘lgan aniq mexanizmlar va yechimlar bilan boyitilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Inklyuziv ta’lim — bu har bir bolaga imkoniyat yaratish demak. Shu yo‘lda hamkorlikda ishlash, bilim almashish va tajribani oshirish — barqaror natijaga olib keladi.

;