Logopedik shoxobchalarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi-logopedlarning kasbiy faoliyatini tizimli tashkil etish, ilmiy-amaliy yondashuvlarni rejalashtirish hamda ko‘p tilli ta’lim muhitida nutqni rivojlantirish masalalariga yagona yondashuvni shakllantirish maqsadida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur onlayn uchrashuv doirasida logopedik seminarlar rejasini ishlab chiqish, ularning mazmunini boyitish hamda qardosh tillarda (jumladan, qoraqalpoq, turkman, tojik, rus va qozoq tillarda) nutqiy rivojlanish va logopedik yondashuvlarning o‘ziga xos xususiyatlarini yorituvchi seminar mavzularini rejalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Logopedik seminarlar rejasini tuzish: tizimli yondashuv
Uchrashuv davomida ishtirokchilar e’tiboriga logopedik seminarlarni rejalashtirishda quyidagi jihatlarni hisobga olish zarurligi ta’kidlandi:
Qardosh tillarda logopedik o‘ziga xoslikni yorituvchi seminarlar mavzulari
Onlayn uchrashuvda qardosh tillarda ta’lim olayotgan bolalar bilan ishlashda logopedik yondashuvlarning o‘ziga xos jihatlariga bag‘ishlangan seminarlar alohida yo‘nalish sifatida rejalashtirildi. Xususan, quyidagi mavzular istiqbolli deb topildi:
Mazkur yo‘nalishdagi seminarlar logopedlar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, noto‘g‘ri tashxis qo‘yilishining oldini olish va korreksion ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Ushbu tashabbus logopedik xizmat sifatini oshirish, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish va bolalarning nutqiy rivojlanishini yanada samarali qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.