Yangiliklar

Nutq buzilishlari etiologiyasi, taxlil qilish tamoyillari, tasniflash, Amaliy mashg‘ulotdan lavhalar

Joriy yilning 7-oktabr kuni Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi Inklyuziv ta’lim laboratoriasi bo‘limi tomonidan umumta’lim muassasalarida logopedik shoxobchalarda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi logopedlar uchun “Nutq buzilishlari etiologiyasi, taxlil qilish tamoyillari, tasniflash, Amaliy mashg‘ulotdan lavhalar” mavzularida o‘quv seminar o‘tkazildi”. O‘quv seminarida Toshkent viloyati Qibray tumani 5-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchi-logopedi U.Utbasarova va Toshkent shahar Shayxondohur tumani 354-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchi-logopedi Z.Alimjonova o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

“Nutq buzilishlari etiologiyasi, taxlil qilish tamoyillari, tasniflash, Amaliy mashg‘ulotdan lavhalar” mavzularida o‘quv seminarida 612 nafar o‘qituvchi-logopedlar ishtirok etishdi. Barcha tinglovchilardan mavzu yuzasidan berilgan barcha savollarga ma’ruzachilar tomonidan javob berildi.

Respublikamizdagi barcha xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi-logopedlar uchun telegram kanali tashkil etish kelishib olindi.

;