Yangiliklar

Inklyuziv ta’lim – amalda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4860-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2020-2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligining 2022 yil 24 iyundagi “2022-2023 o‘quv yilida inklyuziv ta’lim joriy etiladigan maktablar ro‘yxatini tasdiqlash hamda ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli mackan” maktab internatlar uchun tayanch maktabni belgilash to‘g‘risida”gi 204-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan vuiloyati Pop tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 65-sonli umumta’lim maktabida 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab inklyuziv ta’lim joriy etildi.

   2022-2023-o‘quv yilida ushbu maktabning 1-sinfiga 3 nafar ikki tomonlama sensonevral tang quloqlik-III-IV daraja tashxisi bilan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan болалар inklyuziv ta’limga jalb etilgan bo‘lib, ta’lim jarayonida bu bolalarni maktabga moslashuvlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

   Bugungi kunda inklyuziv ta’limga jalb etilgan bolalar o‘z tengdoshlaridan ortda qolmaslik uchun darslarga qiziqish bilan qatnashib kelmoqdalar. Farzandlaridagi o‘qishga bo‘lgan ishtiyoq va qiziqishni ko‘rib ota-onalar ham xursand bo‘lmoqdalar. Bolalarning darslarga va hayotga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirishda maktab direktori D. Jo‘raeva, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi G. Mavjutova, defektolog F. Mirzaevlarning hissalari katta

;