Yangiliklar

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI UCHUN INKLYUZIV TA’LIMGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINAR

          Respublika tashxis markazi tomonidan 2026-yil 4-fevral kuni maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari hamda pedagog xodimlari uchun inklyuziv ta’lim bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.

Mazkur o‘quv-seminar maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv yondashuvlarni samarali joriy etish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar bilan ishlashda pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish hamda inklyuziv guruhlarda ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish masalalariga bag‘ishlandi. Seminar davomida inklyuziv ta’lim muhitini yaratish, bolalarning individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda mashg‘ulotlarni tashkil etish va pedagogik yondashuvlarni moslashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Oquv-seminar doirasida Yunusobod tumani 560-KTMTT defektologi F. Karimova tomonidan Inklyuziv guruhlarda mashgulotni rejalashtirish mavzusida mazmunli va amaliy ahamiyatga ega maruza taqdim etildi.

Ma’ruzada inklyuziv guruhlarda ta’lim jarayonini rejalashtirishning asosiy tamoyillari, mashg‘ulot maqsad va vazifalarini bolalarning rivojlanish darajasiga mos holda belgilash, individual va guruhiy yondashuvlarni uyg‘unlashtirish masalalari keng yoritildi. Shuningdek, alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar bilan ishlashda defektolog, tarbiyachi va boshqa mutaxassislar o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyati ta’kidlandi.

Seminar davomida nazariy bilimlar amaliy misollar bilan boyitildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berilib, inklyuziv guruhlarda uchraydigan muammoli vaziyatlar yuzasidan aniq metodik tavsiyalar taqdim etildi. Bu esa pedagoglarning mavzu bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash bilan birga, ularning kundalik faoliyatida samarali qo‘llash imkonini yaratdi.

Mazkur o‘quv-seminarda respublikaning turli hududlaridan 400 nafardan ziyod maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari va rahbarlari ishtirok etdi. Keng qamrovli ishtirok inklyuziv ta’lim masalalarining dolzarbligi hamda ushbu yo‘nalishda pedagoglarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga bo‘lgan ehtiyoj yuqoriligini yana bir bor tasdiqladi.

Ushbu o‘quv-seminar:

  • maktabgacha ta’lim pedagoglarining inklyuziv ta’lim bo‘yicha kasbiy salohiyatini oshirish;
  • inklyuziv guruhlarda mashg‘ulotlarni samarali rejalashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish;
  • alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bolalar bilan ishlash sifatini yaxshilash;
  • maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv yondashuvlarni izchil joriy etish yo‘lida muhim amaliy ahamiyat kasb etdi.

;