Bugungi kunda Oʻzbekiston kasb-ta’limi sohasida keng qamrovli islohotlar olib bormoqda. Xususan, Oʻzbekiston respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025 yil 23-oktabrdagi PQ-316-sonli qarori bilan uzluksiz kasb-hunarga yoʻnaltirish dasturlari tasdiqlagan.
Shu maqsadda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, Q.Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogika milliy instituti, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milly pedagogika universiteti va Ta’limni tivojlasntirish respublika ilmiy-metodik markazlari bilan hamkorlikda “Uzluksiz kasb-hunarga yoʻnaltirish” mavzusida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida kasbga yo‘naltirish tizimini uzluksiz o‘quv dasturlari ishlab chiqildi.
Kasbiy ta’limni ommalashtirish hamda o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari uchun “Atrofimizdagi kasblar”, “Kasblar alifbosi”, “Kasblar olami”, “Mening kelajakdagi kasbim” dasturlari ishlab chiqilgan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab o‘quvchilari uchun ishlab chiqilgan kasbga yo‘naltiruvchi uzluksiz o‘quv dasturi va dars ishlanmalarini amaliyotga joriy etish uchun tajriba sinov etib ayrim umumta’lim maktablari va maktabgach ta’lim tashkilotlari belgilab olingan. Joriy yilning 9-fevral sanasidan tajriba sinov tashkilotlari tariqasida belgilangan Yunusobod tumanidagi 88-sonli umuta’lim maktabida kasbga yo‘naltirishning uzluksiz ta’lim dasturi mashg‘ulotlar boshlandi