Yangiliklar

“Uzluksiz kasb-hunarga yoʻnaltirish” mavzusida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida kasbga yoʻnaltirish tizimini uzluksiz oʻquv dasturlari aprobatsiyadan o'tkazilmoqda

Bugungi kunda Oʻzbekiston kasb-taʻlimi sohasida keng qamrovli islohotlar olib bormoqda. Xususan, Oʻzbekiston respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʻlim  tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 23-oktabrdagi PQ-316-sonli qarori bilan uzluksiz kasb-hunarga yoʻnaltirish dasturlari tasdiqlagan.

Shu maqsadda Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi, Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, Q.Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogika milliy instituti, Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milly pedagogika universiteti va Taʻlimni tivojlasntirish respublika ilmiy-metodik markazlari bilan hamkorlikda “Uzluksiz kasb-hunarga yoʻnaltirish” mavzusida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida kasbga yoʻnaltirish tizimini uzluksiz oʻquv  dasturlari ishlab chiqildi.

Kasbiy taʻlimni ommalashtirish hamda oʻquvchi yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida maktabgacha va maktab taʻlimi tashkilotlari uchun “Atrofimizdagi kasblar”, “Kasblar alifbosi”, “Kasblar olami”, “Mening kelajakdagi kasbim” dasturlari ishlab chiqilgan.

Maktabgacha taʻlim tashkilotlari, maktab oʻquvchilari uchun ishlab chiqilgan kasbga yoʻnaltiruvchi uzluksiz oʻquv dasturi va dars ishlanmalarini amaliyotga joriy etish uchun tajriba sinov etib ayrim umumtaʻlim maktablari va maktabgach taʻlim tashkilotlari belgilab olingan. Joriy yilning 9-fevral sanasidan tajriba sinov tashkilotlari tariqasida belgilangan Shayxontohur tumanidagi 102-sonli umutaʻlim maktabida kasbga yoʻnaltirishning uzluksiz taʻlim dasturi mashgʻulotlar boshlandi.

;