Joriy yilning 3-aprel kuni Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining tasdiqlangan grafik-rejasi asosida maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarida tashkil etilgan inklyuziv taʻlim sinflarining pedagog xodimlari uchun oʻquv-seminar oʻtkazildi.

Oʻquv-seminarda Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi metodisti Sh.Axmedova “Inklyuziv taʼlim jarayonida maxsus pedagogning vazifasi, shaxsiy fazilatlari va sifatlari” mavzusida maʼlumot berdi.
Oʻtkazilgan oʻquv-seminar yakunida tinglovchilar tomonidan berilgan saollarga atroflicha javob berildi.