2026-yil 15-aprel kuni Respublika tashxis markazi tomonidan navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi. Mazkur seminar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari hamda pedagog xodimlarining inklyuziv ta’lim sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga qaratildi.
Seminar zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etilib, unda respublikaning turli hududlaridan 800 nafardan ziyod pedagoglar faol ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilar inklyuziv ta’lim tizimining dolzarb masalalari, mavjud muammolar va ularning samarali yechimlari yuzasidan atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Ma’ruza “Inklyuziv guruhlarda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarda moslashuv jarayonini pedagogik-psixologik jihatdan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish” mavzusiga bag‘ishlandi.
Ma’ruzada quyidagi muhim jihatlar batafsil yoritildi:
Shuningdek, seminar davomida amaliy misollar, real holatlar tahlili hamda interfaol metodlar asosida fikr almashuvlar tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, mavjud muammolar yuzasidan savol-javoblarda faol qatnashdilar.
Seminar yakunida pedagoglarga inklyuziv ta’limni samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi. Ushbu tadbir nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Mazkur o‘quv-seminar pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, inklyuziv ta’lim sifatini yaxshilash hamda barcha bolalar uchun teng va qulay ta’lim muhitini yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.