Yangiliklar

Logopediya shoxobchalari o‘qituvchi-logopedlari uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi

Respublika tashxis markazi tomonidan 2026-yil 23-aprel kuni tasdiqlangan grafik-reja asosida umumta’lim maktablari qoshida tashkil etilgan logopediya shoxobchalari o‘qituvchi-logopedlari uchun navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar logoped mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, zamonaviy logopedik yondashuvlar bilan tanishtirish hamda nutq rivojlanishida kechikish yoki buzilishlar kuzatiladigan bolalar bilan ishlash metodikasini takomillashtirishga qaratildi.

Seminarda bolalar nevrologi, bolalar nevrologiyasi kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi M. Gulyamova tomonidan “Sukunatdan nutqqa” (Ot molchaniya k rechi) mavzusida ilmiy-amaliy ma’ruza taqdim etildi. Ma’ruza davomida nutq rivojlanishining nevrologik asoslari, nutq kechikishining sabablari, erta aniqlash va korreksion yondashuvlarning samarali usullari batafsil yoritib berildi.

Shuningdek, mutaxassis tomonidan amaliy tavsiyalar, logopedik mashg‘ulotlarni tashkil etishning bosqichlari, bolalarda nutqni faollashtirishga xizmat qiluvchi interaktiv metodlar hamda individual yondashuvning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Seminar ishtirokchilari uchun savol-javoblar tashkil etilib, tajriba almashish imkoniyati yaratildi.

O‘quv-seminarda 700 nafardan ziyod o‘qituvchi-logopedlar ishtirok etib, ular o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitish, ilg‘or tajribalarni o‘z faoliyatlariga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 

;