Yangiliklar

10-umumiy o'rta maktabda "Kasblar olamiga sayohat" trening mashg'uloti o'tkazildi.

Bugun 10-umumiy o'rta maktabda maishiy xizmat ko'rsatish kasblar oyligi doirasida "Kasblar olamiga sayohat" trening mashg'uloti o'tkazildi. Treningga maktabning 7-8-sinf o’qivchilari jalb etildi.

Avvalo, trening uchun kasblar bo'yicha ma'lumotlar maydoni tashkil  etildi. Ishtirokchilar turli kasblar stansiyalariga tashrif buyurdilar. Bekatlarda ularni turli kasb egalari kutib oldilar va turli savol va topshriqlar asosida yo'livchilarga kasblar haqida ma'lumot berdilar. Treningdan ko'zlangan maqsad o'quvchilarda aqliy faolikni shakllantirish, mustaqil tanlov va fikrlashni rivojlantirish, turli kasbga bo'lgan qiziqishni qo'llab-quvvatlashdan iboratdir.

;