Yangiliklar

Xalq ta'limi vazirligining ishchi guruh vakillari Yangiyo‘l tumani umumta’lim maktablari bilan tanishib, tizimda samarali ishlarni tashkil etish borasida metodik yordam ko‘rsatish ishlari davom etmoqda.

Xalq ta'limi vazirligining ishchi guruh vakillari Yangiyo‘l tumani umumta’lim maktablari bilan tanishib, tizimda samarali ishlarni tashkil etish borasida metodik yordam ko‘rsatish ishlari davom etmoqda.

Joriy yilning 21-oktyabr kunlari Xalq ta'limi vazirligi, shuningdek Respublika bolalar kutubxonasi va O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan maktablardagi ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlar, psixologik xizmat va kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari, kutubxonalarining badiiy adabiyotlar bilan ta‘minlanishi, kutubxona meyo‘yoriy hujjatlarining yuritilish tadbirlari Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 8-, 18-, 25-, 31-, 37-, 40-, 43- va 58-sonli umumta'lim muassasalari faoliyatlari misolida o‘rganildi.

Umumta'lim muassasalaridagi maktablarda psixologik xizmat faoliyatini to‘g‘ri va tartibli tashkil etilganligi, ish rejada belgilangan vazifalar ijrosi, psixologik xizmat xonalari va ularning jihozlanishi, psixolog va kasb-hunarga yo‘naltiruvchi psixologlarning meyoriy hujjatlarining yuritilishi, metodikalar va qo‘llanmalar  bilan ta'minlanganlik darajasi, ichki ro‘yxatga olingan hamda xulq-atvorida muammolari bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlash tartibi batafsil o‘rganilib, tahlil qilindi.

;