Yangiliklar

Iqtidorli va ijodkor o‘quvchilar taqdirlandi.

Joriy yilning 28 oktyabr kuni Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi 
224-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining Davlat ijtimoiy buyurtmasi “O‘quvchilarni kasbiy mahoratini, intellektual salohiyatini oshirish va kasbiy faoliyatga bo‘lgan qobiliyat va kompetentsiyalarni shakllantirish” loyihasi doirasida o‘tkazilgan “Mening kelajakdagi kasbim” mavzusidagi insholar tanlovida g‘olib deb topilgan 100 nafar o‘quvchilar taqdirlandi.

Mazkur tadbirda Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek tumani 279-son, Chilonzor tumani 126-son, 195a-son, Yangihayot tumani 298-son, Olmazor tumani 224-son va Shayxontoxur tumani 39-son umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

;