Yangiliklar

Yaponiyaning xalqaro hamkorlik tashkiloti JICA tomonidan O‘zbekistonda “Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim amaliyotini kuchaytirish” loyihasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Аlohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga taʼlim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4860-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Yaponiyaning xalqaro hamkorlik tashkiloti JICA tomonidan O‘zbekistonda “Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim amaliyotini kuchaytirish” loyihasi asosida joriy yilning 4-noyabr kuni O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi bo‘limi metodislari Sh. Ahmedova, G. Alimova, S. Mo‘minovlar inklyuziv ta’lim joriy etilgan hududlarning viloyat, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limining Bolalarni ijtimoiy psixologik qo‘llab-quvvatlash sho‘basi inklyuziv va korreksion ta’lim bo‘yicha mas’ul metodistlari hamda inklyuziv ta’lim tashkil etilgan maktablarning boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, maxsus pedagoglar va psixolog xodimlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Andijon hamda Navoiy viloyatlarida o‘quv seminar-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

O‘quv seminar-trening ishtirokchilariga Yaponiyaning inklyuziv ta’limda amalga oshirgan ishlari tajribasi hamda hozirda O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni tashkiliy amaliy faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi, ushbu yo‘nalish bo‘yicha dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

;