Yangiliklar

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish psixologik-pedagogik respublika Tashxis markazi tomonidan seminar-trening tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2020-yil 13-oktabr "Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4860-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida hamda Yaponiyaning xalqaro hamkorlik tashkiloti JICA tomonidan O‘zbekistonda “Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim amaliyotini kuchaytirish” loyihasi asosida joriy yilning 5-noyabr kuni O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi Inklyuziv ta’lim laboratoriyasi bo‘limi metodisti Sulton Mo‘minov Qashqadaryo viloyatida bo‘ldi. Tashkil qilingan seminar davomida viloyatdan 24 nafar trener tayyorlandi.

;