Yangiliklar

“Toʼgʼri tanlangan kasb insonni baxtga yetaklaydi”

Pop tumanida umumtaʼlim maktablarining 9-11-sinf oʼquvchilarini hamda 2021-2022-oʼquv yilidagi bitiruvchilarni bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga yoʼnaltirish hamda OTMlarga jalb qilish maqsadida tumandagi "Diamond Education" oʼquv markazi bilan hamkorlikda “Toʼgʼri tanlangan kasb insonni baxtga yetaklaydi” mavzusidagi oʼquv-amaliy seminar oʼtkazildi.

Tadbirda tumandagi oʼquv markazlari, kasb-hunar maktablari, kollejlar, viloyatimizda faoliyat olib borayotgan oliy taʼlim muassasalari oʼzlarining taqdimotlari bilan ishtirok etdilar hamda tuman aholini bandligiga koʼmaklashish markazi tumandagi tashkilotlar, tadbirkorlik subʼektlaridagi mavjud boʼsh ish oʼrinlari boʼyicha mehnat yarmarkasini tashkil etdi.

Tadbirda tuman xalq taʼlimi boʼlimi mudiri А.Xusainov oʼquvchi-yoshlarni kasb-hunarga yoʼnaltirishda ushbu tadbirning ahamiyati haqida gapirib, “Eng yaxshi sarmoya – taʼlimga kiritilgan sarmoya!” mavzusida master-klass tashkil qildi.

;