Yangiliklar

Pastdarg‘om tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 75-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Inklyuziv ta’lim tajribasini rivojlantirish” mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Pastdarg‘om tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 75-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Inklyuziv ta’lim tajribasini rivojlantirish” mavzusida o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarga ayni paytda Samarqandda bo‘lib turgan  Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov tashrif buyurdi va   inklyuziv ta’limni tashkil etishda o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Vazir seminar ishtirokchilari bilan muloqot chog‘ida, inklyuziv ta’limni tashkil etish va rivojlantirishda  maktab jamoalari oldida turgan vazifalar va muammolar haqida gapirdi.Xususan, alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalarning  tizimdagi maktablarda tahsil olishda eng avvalo jamoatchilik fikrini o‘zgartirish lozimligi, bu borada maktab jamoasi- o‘qituvchilar mahalla bilan hamkorlikda mutazam ravishda ota-onalar bilan muloqotlar olib borishi keraligini ta’kidladi.

Seminarda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedogogik respublika tashxis markazi metodisti S.Mo‘minov “Inklyuziv ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni qo‘llash” mavzusida maruzalar o‘qidi. Shuningdek, seminarda yig‘ilganlarga inklyuziv  ta’limga oid me’yoriy huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati haqida tushunchalar berildi.

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4860-sonli qaroriga muvofiq, Samarqand viloyatida 2022-2023 –o‘quv yillarida Samarqand viloyatida 16 ta umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tizimidagi boshlang‘ich sinflari tashkil etish rejalashtirilgan.Ayni paytda  viloyatdagi 5 ta umumta’lim maktablarida  inklyuziv ta’lim tizimidagi boshlang‘ich sinflari tashkil etilgan. Ularda 12 nafar ta’limga alohida ehtiyoji bor bolalar tahsil olishmoqda.

;